Delegatsiyalar, korporativ tadbirlar va toʻylar uchun transport
Har qanday koʻlamdagi tadbirda mehmonlarni tashishni tashkil qilamiz: rahbariyat uchun VIP miniven, ishtirokchilar uchun mikroavtobus va avtobuslar — yagona jadval asosida.
Delegatsiyani aeroportda kutib olish, mehmonxona, ofis va tadbir joyi oʻrtasida transferlar, obyektlarga safarlar. Birinchi shaxslar uchun — keng salonli va tonirovkali Kia Carnival Hi-Limousine.
Konferensiya va korporativlar
Ishtirokchilarni jadval asosida tashish
Bir vaqtning oʻzida bir nechta mashina
Shahar tashqarisiga safarlar va timbilding
Transport boʻyicha barcha savollar uchun bitta aloqa
Toʻylar va tantanalar
Kelin-kuyov va ota-onalar uchun miniven, mehmonlar uchun avtobus yoki mikroavtobuslar — hammani FHDYoga, fotosessiyaga va restoranga yetkazamiz.
Avtopark
Mos transport
VIP miniven
Kia Carnival Hi-Limousine
6 oʻrin
Klimat-kontrol
Baland tomli miniven: salonda deyarli tik turish mumkin. Charm kreslolar, yumshoq yoritish, tonirovka — qulaylik va maqomni qadrlaydigan mehmonlar uchun.
Guruh uchun mikroavtobus: alohida kreslolar, yorugʻ salon, yuk uchun alohida boʻlim. Delegatsiyalar, turistik guruhlar va korporativ safarlar uchun qulay.